2017 yilgi mavsumdan boşlab  Özbekiston XXVI milliy çempionati birinçi ligasida Surxondaryo viloyati şarafini Termiz şahrining «Surxon» klubi himoya qiladi.

6 fevral kuni Surxondaryoda uşbu klubning qayta tiklanişi masalasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov iştirokida yiğiliş bölib ötgan. 

Mazkur yiğilişda madaniyat va sport işlari boşqarmasi, viloyat futbol federatsiyasi, «Surxon» professional futbol klubi, «Neftçi» (Jarqörğon) klubi rahbarlari, murabbiylar, şahar va tuman hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosarlari hamda boşqa mutasaddi muassasalar rahbarlari va matbuot xodimlari iştirok etdi.

Surxondaryo viloyati futbol federatsiyasi prezidenti ham hisoblanadigan Erkinjon Turdimov federatsiya faoliyati tanqidiy tahlil qilib, bugungi kunda futbol ommaviyligini oşiriş va rivojlantiriş, professional futbolning moddiy-texnik bazasini şakllantiriş böyiça mavjud muammolar ta'kidlab ötgan.

Bu klub ötgan mavsumda Jarqörğoning «Neftçi» va viloyatning boşqa jamoalari tarkiblarida töp surgan mahalliy futbolçilar hisobiga şakllantiriladi.  Ayni çoğda Termizda professional futbol klubi faoliyatini töğri yölga qöyiş borasida bir qator işlar amalga oşirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda «Surxon» PFK rahbariyati jamoa a'zolari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqda.

Yiğilişda taşkiliy masalalar körib çiqilgan. Jumladan, şu kungaça viloyat futbol federatsiyasi birinçi vitse-prezidenti vazifasida işlab kelgan Erkin Boqiyev öz vazifasidan ozod etilgan. Uning örniga öz vaqtida «Töpalang» (Sariosiyo), «Buxoro», «Surxon»(Termiz) jamoalarida öynagan, oxirgi paytda Sariosiyo tuman BÖSMida murabbiy-öqituvçi bölib işlagan Najmiddin Meliqulov viloyat futbol federatsiyasi birinçi vitse-prezidenti etib tayinlangan.

Turli yillarda «Nasaf» (Qarşi), «Qizilqum» (Navoiy) professional futbol klublarida matbuot xizmati rahbari bölib işlagan Erkin Xolboboyev «Surxon» professional futbol klubi Ijroçi direktori, «Maş'al» (Muborak), «Norin» (Haqulobod) va «Xorazm» kabi jamoalarda faoliyat körsatgan mutaxassis Vali Keldiyev esa jamoa boş murabbiyi sifatida iş boşlagan.