«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Ian Rayt jamoa murabbiyi Arsen Venger mavsum oxirida jamoani tark etishi haqida gapirdi.

«Men kecha Venger bilan uchrashdim, u haqida mutlaqo haqqoniy gapirmoqchiman. Biz bir necha soat gaplashib o‘tirdik. Menda shunday taassurot paydo bo‘ldiki, ya'ni… endi barchasi tamom.

U uning davri yakuniga yetgani haqida gapirdi. Men uni hech qachon bunday ahvolda ko‘rmagandim, men undan hech qachon bunday so‘zlar eshitmagandim.

Arsen – ajoyib inson, ammo ko‘rinib turgandiki, u charchadi.

Venger juda horg‘in edi. U ketaman demadi, ammo mendan uning ketish ketmasligi haqida so‘rashsa, shunday deyman: Venger «Arsenal»dan ketadi», – deya Raytning so‘zlarini keltirgan The Mirror.

Venger barchani hayron qoldirmoqchi