Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 fevral kuni Chirchiqda afg‘on urushi qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik ochiladi
15 fevral kuni soat 11:00da Chirchiqda afg‘on urushi qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikning rasman ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Marosim uchun bu kunning tanlanishi tasodifiy emas. 15 fevral kuni Afg‘onistondan sovet harbiylari olib chiqilganiga 28 yil to‘ladi. 1989 yilning 15 fevralida sovet harbiylarining oxirgi guruhi Afg‘onistonni tark etgandi va 10 yil davom etgan urush yakunlangandi. Sobiq Ittifoq bu urushda 15 ming harbiysini yo‘qotgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1979-1989 yillar mobaynida Afg‘onistondagi harbiy harakatlarda O‘zbekistondan 65 ming harbiy ishtirok etgan, ulardan 1512 nafari halok bo‘lib, 2,5 mingga yaqin askarlar va zobitlar vatanga nogiron bo‘lib qaytgan.

Mavzuga oid
09:55 / 27.06.2026
Chirchiqda kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026