18:03 / 15.02.2017
6840

Zidan «Napoli»ga qarshi o‘yindan oldin: «Biz tayyormiz – eng muhimi shu»

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan YeChL doirasida «Napoli»ga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilikdir. Qachonki, uyingda o‘ynar ekansan, muhimi – gol o‘tkazib yubormaslikdir. Men futbolchilarim o‘yinga jiddiy yondashishini istardim. Biz jamoalarning imkoniyati 50ga 50 ekanini bilamiz. Birinchi o‘yinda raqibga muammolar tug‘dirishga harakat qilamiz, shu bilan birga raqib ham jim turmasligini bilamiz. Biz tayyormiz – eng muhimi shu.

Sarri – juda yaxshi murabbiy. Uning jamoasi yaxshi futbol namoyish etadi, ular zo‘r natijalarga erishib kelishmoqda, bu esa murabbiy o‘z ishini yaxshi olib borayotganidan darakdir. «Napoli»da yaxshi futbolchilar tarkib hosil qilishgan, ular maydon bo‘ylab yaxshi harakatlanishadi, jamoa intensiv ishlaydi. Raqib futbolchilari texnik jihatdan yaxshi tayyorlanishgan, ular raqib himoyasiga tezlik bilan zarba bera olishadi. Biz bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Ba'zida himoyada ko‘proq o‘ynashimizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Lekin men hujumda ko‘proq vaqt o‘tkazishimizni istayman.

Oldinda muhim o‘yin, lekin buni final o‘yinidek qabul qilmaslik kerak, final Kardiffda bo‘ladi. «Real» hamisha turnir favoritlari qatorida bo‘lishga intiladi, ammo libosimizdagi emblema hammasini kafolatlab qo‘ya olmaydi. Biz bu uzoq va og‘ir kechadigan bu turnirda o‘zimiz kurashishimiz kerak. Biz har bir o‘yinning birinchi daqiqasidan oxirgi daqiqasigacha kurash olib borsakkina, g‘alabaga erishishimiz mumkin – bu shunday klub», – deya Zidanning so‘zlarini keltirgan As.

Mavzuga oid
Top