Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida navbatdagi portlash sodir etilishi oqibatida 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa tufayli kamida 50 kishi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, shahar tashqarisidagi Sadr-Siti mavzesida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilgan.

Hozircha hech bir tashkilot ushbu portlash uchun mas'uliyatni zimmasiga olmadi.