Taniqli jurnalist va “Yoşlar” teleradiokanali sobiq direktori Xayrulla Nuritdinov Boqijonoviç Özbekiston MTRK raisining birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. 

Xabarga köra, Nuriddinov kuni keça MTRKda rahbar kadrlar iştirokida bölib ötgan yiğilişda raisning birinçi örinbosari sifatida taniştirilgan.

Xayrulla Nuritdinov 1974 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. U 1996 yilda Toşkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1999 yilda “Jasorat” medali, 2005 yilda esa “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 2006-2017 yillar davomida Özbekiston MTRKning “Yoşlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bölib işlagan.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning 2 fevral kuni Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yangi rahbar tayinlangandi. Özbekiston prezidenti qaroriga binoan Xurşid Mirzohidov televideniyening yangi raisi sifatida tayinlandi.