ZTE kompaniyasi beşinçi avlod tarmoğida işlaşi mumkin bölgan dunyodagi ilk smartfonni taqdim etişni rejalaştirmoqda. Bu MWC 2017 körgazmasida yuz berişi katta ehtimolga yaqin.

ZTE’ning Gigabit Phone smartfoni internetga soniyasiga 1 Gbit tezlikda ulanişi mumkin. Işlab çiqaruvçining ma'lum qilişiça, bu qurilmaga 360-darajali videoni virtual reallikda hamda roliklarni ultrayuqori kenglikda tomoşa qiliş imkonini beradi. Telefon AQŞ va Avstraliya bozorlariga möljallangan bölib, u yerda beşinçi avlod tarmoqlari yölga qöyiladi.

Aftidan, smartfon Qualcomm’dan yangi - Snapdragon 835 çipida işlaydi. Uning xususiyatlariga köra, qurilma aloqa moduli hozirdanoq soniyasiga 1 Gbit tezlikda internetda işlaşi mumkin.

ZTE’ning Gigabit Phone smartfoni haqidagi barça ma'lumotlar Barselonadagi MWC körgazmasida taqdim etiladi. U 27 fevral kuni boşlanadi.