18:24 / 18.02.2017
27788

Kim Chen Namning zaharlashgandan so‘ng olingan fotosurati paydo bo‘ldi

Kim Chen Namning Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur aeroportidagi zaharlanishidan bir necha daqiqa o‘tib olingan fotosurati tarqaldi. Malayziyaning New Straits Times bu kadrni taqdim etgan. Taxminlarga ko‘ra, surat olingan paytda u hali tirik bo‘lgan. 

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga qaraganda, Kim Chen Inning o‘gay akasini sianiddan bir necha bor kuchliroq bo‘lgan modda bilan zaharlashgan. Suiqasd atigi besh soniya ichida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen Namning o‘ldirilishi haqidagi xabar 14 fevral kuni paydo bo‘ldi. Keyinchalik Malayziya politsiyasi ham bu ma'lumotni tasdiqladi.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari qotillikka aloqadorlikda gumon qilib ikki ayol va bir erkakni qo‘lga olishdi.

Mavzuga oid
Top