Taylandning Vat Txammakay budda ibodatxona majmuasida politsiyaçilar va rohiblar örtasida töqnaşuv röy berdi. Bu haqda "Kxom Çat Lik" gazetasi xabar qilmoqda.
Rohiblar 20 fevral kuni ertalab ibodatxona darvozalaridan birining qarşisidagi politsiyaçilardan iborat jonli devorni yorib ötişga urinişgan. Huquq-tartibot idoralari rohiblar va korrupsiya hamda firibgarlik yöli bilan taqdim etilgan ehsonlarni özlaştirişda gumon qilinib, qidiruvga berilgan ibodatxonaning sobiq rahbari Pxra Txammaçayoni namoyişçilar hujumidan himoya qilişlari talab etilgan. Pxra 40 million dollar mablağni özlaştirib yuborganlikda ayblanmoqda.
Ötgan haftada minglab politsiyaçilar 400 gektar maydondagi ibodatxona hududini tintuv qilişga yuborilgan edi. Buning uçun ikki kun sarflangan. Biroq, juftakni roslagan boş rohib majmua hududida topilmagan.
20 fevral kuni hukumat tintuvni osonlaştiriş uçun ibodatxonani elektrenergiyasi va içimlik suv manbaidan uzib qöyişlarini ma'lum qildi. Maxsus tergov departamenti xodimlarining fikriça, Pxra Txammaçayo hamon ibodatxona hududida yaşirinmoqda.
1972 yilda Pxra Txammaçayo tomonidan asos solingan Txammakay nomli Budda dini oqimining mamlakatdagi izdoşlari öz yetakçilarini himoya qiliş maqsadida ibodatxona tomon kelişmoqda.

















