Olimlarning ma'lum qilişiça, Yer yuzida yaşovçi insonlar tufayli sodir bölgan iqlim özgarişlari ming yillar davomida röy bergan tabiat hodisalarini ortda qoldiradi. Ular insonlarning iqlimga ta'sirini tasdiqlovçi raqamlarni keltirişadi. The Anthropocene Review jurnalida şu mavzudagi maqola taqdim etildi.
Olimlar odamlarning iqlimga ta'sirini örganişga yordam beruvçi matematik tenglama işlab çiqişdi. Ularning fikriça, sönggi 7000 yilda global harorat har yuz yilda örtaça 0,01 darajaga kamaygan. Biroq sönggi 45 yil içida harorat örtaça 1,7 darajaga kötarilgan, bunga esa issiqxona gazlari çiqindilari sabab bölgan.
Manbaga köra, olimlar buni ötgan milliard yillar davomida Yer iqlimi sayyoraning astronomik va geofizik kuçlari, şuningdek içki dinamikasiga boğliq bölgani bilan izohlaşadi. Bu omillarning Yerdagi iqlimga ta'sirini insonning faolligi bilan taqqoslanganda ança past. Iqlimning inson omili natijasida özgarişi uning tabiiy kuçlar ostida özgarişidan 170 karra yuqori bölib çiqdi.
Tadqiqot mualliflarining sözlariga köra, "isonning iqlimga ta'siri şunçaki özgarişdan köra köproq meteorit zarbasiga" öxşar ekan.

















