Rossiya Osiyo saylov organlari Assotsiatsiyasiga (AAEA) YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (DIIHB) kabi tuzilmani taşkil etişni taklif etmoqda. U Osiyo mintaqasidagi saylovlarni kuzatiş işlari bilan şuğullangan bölar edi, degan Rossiya Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Nikolay Leviçev RIA Novosti agentligiga. 

U Hindiston saylov komissiyasi tomonidan taşkil etilgan va Uttarakxand ştatida bölib ötgan mahalliy saylovlarni kuzatib qaytgaç, şunday fikrni bildirgan. Leviçev safari çoğida Hindiston MSK va TIV rahbariyati, xususan, TIV rahbari birinçi örinbosari Subramaniam Jayşankar bilan uçraşgan.

Uning sözlariga köra, gap YeXHT DIIHBga öxşaş tuzilma haqida bormoqda. "Albatta, bu tez amalga oşadigan jarayon emas. Ammo, dunyo rivojlanmoqda, biz ham şunga mutanosib ravişda harakatlanişimiz kerak", — degan Leviçev. 

Leviçevning qöşimça qilişiça, bu mexanizm saylovlardagi xalqaro kuzatuvçilar missiyasining obröli vakili bölişi mumkin edi.