Suriyalik operator, «Oskar» mukofotiga nomzod qilib körsatilgan «Oq dubulğalar» (White Helmets) qisqa metrajli hujjatli filmning katta qismini suratga olgan Xolid Xatib AQŞga bora olmaydigan böldi.
Associated Press agentligi ma'lumotiga köra, 21 yoşli bu operatorga Amerika vizasi berilgan, bu vizaning muddati tugamagan, ammo uni Istanbuldan Los-Anjyelesga uçadigan samolyotga qöyişmagan.
AQŞ içki xavfsizlik vazirligi sönggi lahzada uşbu kinematografistning kirişini taqiqlaşga qaror qilgan. Vazirlikning içki hujjatlarida aytilişiça, taqiqqa Xatibga nisbatan topilgan «salbiy axborot» sabab bölgan. Ta'kidlanişiça, bunday ta'rif uning terrorçilar bilan aloqalari yoki viza rejimi bilan boğliq muammolarini anglatişi ham mumkin.
«AQŞga safar qiliş uçun amal qiluvçi çiqiş pasportiga ega böliş kerak», degan jurnalistlarning sörovlariga javob bergan AQŞ içki xavfsizlik vazirligi vakili Jillian Kristiansen.
Xatibning özi esa tvitterida qizğin iş tufayli «Oskar»da qatnaşa olmasligini yozgan.
Eslatib ötamiz, prezident Donald Trampning farmoniga muvofiq, AQŞga 7 mamlakat — Iroq, Curiya, Eron, Liviya, Sudan, Yaman va Somali fuqarolari kirişi taqiqlangan edi.

«Oq dubulğalar» kartinasi «eng yaxşi qisqa metrajli hujjatli film» yönalişida «Oskar»ga nomzod bölgan.
40 daqiqa davom etuvçi lentada «Oq dubulğalar»ning 3 nafar xodimi haqida tasvirlanadi. Ular bombardimonlar ostida qolayotgan suriyaliklarga yordam beriş uçun Turkiyadan Suriyaga kelişadi. «Oq dubulğalar» a'zolari özlarini köngilli qutqaruvçilar deb ataşadi, ular Başar Asad rejimiga qarşi böladi.
Bundan oldinroq «Eng yaxşi xorijiy film» yönalişida «Oskar»ga da'vogar filmlardan biri bölgan «Kommivoyajyor» (Eron) rejissyori Asqar Farhodiy AQŞ prezidenti Donald Trampning qat'iylaştirilgan migratsiya siyosati tufayli mukofotni topşiriş marosimiga bora olmasligi ma'lum bölgandi. Filmda boş rolni öynagan aktrisa Taraneh Alidöstiy ham AQŞga borişdan boş tortgandi.
«Oskar» mukofoti nomzodlari 2017 yilning 24 yanvarida e'lon qilingandi. Mukofotlarni topşiriş marosimi 26 fevral kuni bölib ötadi.












