Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQŞni Isroildagi elçixonasini Quddus şahriga köçirişning salbiy oqibatlaridan ogohlantirdi. U şaharni bosib olingan hudud deb atadi.
Aytiş joizki, AQŞ prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi çoğida Amerikaning Tel-Avivdagi elçixonasini Quddus şahriga köçirişga va'da bergan edi. Bu esa Oq uy ma'muriyatining Isroil okkupatsiyasini ma'qullaşini anglatadi. Biroq, endilikda, uni bajarişga kafolat berilmayapti.
"Biz har qanday tomonni bir tomonlama taşabbuslardan saqlaniş, okkupatsiyaga turtki berişga undaşdan tiyilişga çaqiramiz… Biz, şunindek, elçixonani Quddusga köçiriş oqibatlaridan ogohlantiramiz, çunki Quddus – bu bosib olingan şahardir", — degan Mahmud Abbos BMTning inson huquqlari böyiça Kengaşi majlisida.
"Biz uning qöşib olinganiga doir rezolyutsiyalarni tan olmaymiz. Biz Quddusning barça yakkaxudolik dinlar uçun oçiq şahar bölişini xohlaymiz", — deb qöşimça qilgan Falastin rahbari.
Isroil Iyerusalim (Quddus şahri)ni 1967 yilgi uruşda bosib olingan şarqiy tumanlari va tarixiy markazlari bilan birga "yagona va bölinmas" poytaxti deb e'lon qilgan. Jahon hamjamiyati şaharning anneksiyasini tan olmaydi va şahar maqomini Yaqin Şarq mojarosining oğriqli muammolaridan biri deb hisoblaydi. Unga köra, bu masala şaharga da'vo qilayotgan Falastin tomoni bilan birgalikda hal etilişi kerak. Şu sababli, dunyo mamlakatlarining Isroildagi elçixonasi Tel-Aviv şahrida joylaşgan.

















