Jismoniy va yuridik shaxslar Toshkent viloyati hududidan davlat mulki obektlarini xususiylashtirish, ularni ijaraga olish, o‘z iste'mol huquqlarini himoya qilish, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik va davlat raqobat qo‘mitasi vakolati doirasiga kiradigan boshqa xizmatlar bo‘yicha murojaat, shikoyat va takliflarini qabul.gkk.uz manzili orqali hududiy boshqarma boshlig‘i virtual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining ishonch telefoni (371) 230-41-81 faoliyat yuritmoqda.