AQŞ sohilböyi qöriqlaş xizmati xodimlari Trinidad va tobagolik hamkasblari bilan birga Janubiy Amerika sohillari yaqinida, Surinamning xalqaro suvlarida 1999 yildan beri eng yirik kokain partiyasini musodara qilişdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.  

Ta'kidlanişiça, baliq ovlovçi kiçik kemadan 125 mln dollarlik 4,2 tonna kokain topilgan.    

Qayiqda bölgan Gayana fuqarolari uşlanib, Virginiya orollariga yetkazilganlar. Bu yerda ularga nisbatan tergov olib boriladi.

Ma'lum qilinişiça, noqonuniy yuk AQŞning Puerto-Rikodagi giyohvand moddalarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlariga topşirilgan. 

Avvalroq AQŞning Florida ştatida giyohvand moddalarni aniqlaş va muomaladan çiqariş böyiça operatsiyada AQŞ prezidenti Donald Tramp surati tuşirilgan paketlarga qadoqlangan geroin moddasi aniqlangani ma'lum qilingandi.