Jahon | 14:21 / 02.03.2017
3935
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh bosh prokurori Rossiya vakillari bilan saylovlar mavzusini muhokama qilganini rad etdi

AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns rossiyaliklar bilan saylov mavzusini muhokama qilmagani haqida aytdi.

«Men saylovlarni muhokama qilish uchun Rossiyaning hech bir vakili bilan uchrashmaganman», — deya Seshnsning so‘zlarini keltirgan Associated Press.

Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, uning Rossiya rasmiylari bilan aloqalari haqidagi xabarlar asossizdir.

Bundan oldinroq The Washington Post nashri 2016 yili Alabama shtatidan senator bo‘lmish Seshns Rossiya elchisi Sergey Kislyak bilan ikki marta uchrashgani haqida yozgandi. Seshns saylovoldi kampaniyasida Donald Trampni qo‘llab-quvvatlab chiqqan ilk senator bo‘lgani qayd etilgandi.

Keyinroq Vakillik palatasidagi demokratlar yetakchisi Nensi Pelosi Jyeff Seshnsning iste'fosini talab qildi. Uning aytishicha bosh prokuror Kongressdagi so‘rov vaqtida Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha savolga «yo‘q» javobini berib, «yolg‘on qasam ichgan».

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid