Toşkentning Alişer Navoiy nomidagi Kino saroyida “Isnod” badiiy filmining taqdimoti bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unda film ijodkorlari, san'atşunos olimlar, talaba-yoşlar hamda jurnalistlar iştirok etdi.
Film “Özbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Özbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Odam savdosi asrimizning global muammolaridan. Kinokartinada sodda qizlarni aldab, çet ellarga sotib yuboriş holatlari telejurnalist Jamilaning sa'y-harakatlari samarasida foş etiladi.
Stsenariy muallifi hamda postanovkaçi rejissyorlar – Rixsivoy Muhammadjonov, Abduvohid Ğaniyev. Filmdagi asosiy rollarni Dilnoza Kubayeva, Şohrux Hamdamov, Bahora Arslonova, Şahzoda Matçonova, Ra'no Şodiyeva, Feruza Mustafoyeva ijro etgan.
Taqdimotda iştirokçilarning savollariga ijodkorlar javob qaytardi.
















