Kambağalikka qarşi kuraşuvçi xalqaro taşkilot Oxfam tadqiqotiga köra, ayollar bolalar va kasallarni parvariş qiliş, tozalaş va yegulik tayyorlaş kabi xizmatlar uçun investitsiya taqçilligi sababli haq tölanmaydigan işlarni erkaklarga qaraganda ança köproq bajaradilar.
Ma'ruzada ta'kidlanişiça, bunday ayollarning iqtisodiyotga qöşgan hissasi har yili 10 trln dollarni yoki dunyo yalpi içki mahsulotining 13 foizini taşkil qiladi. Ya'ni agar bunday işlarni bajargan ayollar mehnatlari uçun haq olganlarida şunça pul olardilar. Bu qiymat Hindiston, Yaponiya va Braziliyaning umumiy YaIMidan köproqdir.
Bunday bepul, biroq muqarrar mehnat sababli ayollarning özlari ta'lim oliş va maoş tölanadigan işga kiriş imkoniyatidan mahrum böladilar yoki mavjud işdan voz keçadilar.

Mutaxassislarning qöşimça qilişiça, dunyoda haq tölanuvçi işlarni bajaruvçi ayollar erkaklardan 700 mln nafarga qamroqdir. Oxfam’ning ma'lum qilişiça, butun dunyo böylab ayollar erkaklarga nisbatan köproq noçorlikda qoliş xavfiga egalar, kamroq himoyalanganlar va kamroq maoş oladilar.
Ayni vaqtda dunyo böylab erkaklar va ayollar maoşlari örtasidagi örtaça farq 23 foizni taşkil qiladi. Dunyoning 155 ta davlatida erkaklarga ayollarga nisbatan köproq iqtisodiy huquq beruvçi kamida bitta qonun mavjud.
Mutaxassislarning fikriça, ayollar va erkaklar mehnatida, iş haqida, iqtisodiy huquqlarida tenglikka erişiş uçun 170 yil kerak böladi.

















