Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Barselona» va «Sporting» Xixon jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda zaxiraga olingan Messi bosh murabbiy Enrike bilan so‘rashishni istamadi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida Lionel Messi zaxiraga olindi. U murabbiy bilan qo‘l berib ko‘rishishni istamadi. O‘z navbatida Enrike ham u tomon borib o‘yin uchun minnatdorchilik bildirishni istamagan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda «Barselona» 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Messi bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘yindan keyin Enrike mavsum yakunida jamoadan ketishga qaror qilgani haqida e'lon qildi.