Sport | 10:52 / 04.03.2017
9180
2 daqiqa o‘qiladi

O‘g‘rilar "Chelsi" futbolchisining uyini uning suratidan foydalanib tunab ketishdi

Londonning "Chelsi" klubi o‘yinchisi Jon Terrining uyi tunab ketildi. Jinoyatchilar 25 fevralda Angliya janubining Surrey grafligidagi nufuzli tumanda joylashgan futbolchining dang‘illama uyiga u rafiqasi bilan chang‘i kurortida hordiq chiqarayotganda kirishgan. Qizig‘i, o‘g‘rilar uy egasining yo‘qligini Instagram orqali aniqlashgan: Terri u yerda qorli qoyada tushgan suratini chop etgandi

O‘g‘rilar 10 ta yotoqxona, 34 kishiga mo‘ljallangan uy kinoteatri va yer osti akvariumi bo‘lgan uyga uning xavfsizlik tizimini chetlab o‘tib kirib, minglab funt sterlinglik qimmatbaho buyumlarni o‘marib ketishgan, deb xabar bermoqda The Sun nashri.

Futbolchi va uning rafiqasi bundan tushkun holatga tushishgan.

O‘tgan yil dekabrda xuddi shunga o‘xshash voqea argentinalik futbolchi Karlos Teves bilan yuz bergandi. Teves nikoh marosimi o‘tayotgan Urugvayda bo‘lganda, o‘g‘rilar uning Buenos-Ayresdagi uyini tunab ketishgan.

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning ogohlantirishiga qaramay, ko‘pchilik o‘zining hayotidagi har bir lahzasini ijtimoiy tarmoqlarda "ko‘z-ko‘z qilishni" xush ko‘radi. Bu esa aksariyat hollarda jinoyatchilarga qo‘l keladi. 

Mavzuga oid