O‘yin davomida «Tottenhem»ning ikki futbolchisi qizil kartochka oldi. 43-daqiqada Son Xyon Min, 47-daqiqada Xuan Foyt to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olishdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Tottenhem»ning ochkolari 70 taligicha qoldi va jamoa endilikda vaqtinchalik 3-o‘rinda bo‘ladi. «Chelsi» o‘z o‘yinini yutib, 3-pog‘onaga ko‘tarilishi mumkin.
APL. 37-tur
Bornmut – Tottenhem 1:0
Gol: Ake (90+1).
Bornmut: Trevers, Simpson, Smit, Klayn, Ake, Ayb (Musse, 76), Freyzer, King, Lerma, Kuk, Uilson.
Tottenxem: Loris, Rouz, Tripper, Sanches, Alderveyreld (Foyt, 46), Dayyer (Vanyama, 46), Sissoko (Devis, 82), Alli, Eriksen, Lukas Moura, Son Xyon Min.
Ogohlantirishlar: Dayyer (11), Alderveyreld (23), Sissoko (40), Lerma (90), Vanyama (90), Alli (90).
Chetlatishlar: Son Xyon Min (43), Foyt (48).











