Aşxobodda oliy darajadagi uçraşuvlar söngida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari qarşisida çiqişdi. Siyosatçilar ikki tomon transport sohasidagi hamkorlikning mustahkamlanişidan manfaatdor ekaniga urğu qaratgan.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning qayd etişiça, tomonlar transport sohasida zamonaviy infratuzilmani barpo etiş maqsadidagi hamkorlikni davom ettiradi. Bu orqali Markaziy Osiyo, Yevropa va Yaqin Şarq transport tizimlarini birlaştiriş mumkin böladi. Xususan, Turkmaniston Özbekiston-Turkmanistan-Kaspiy dengizi-Janubiy Kavkaz yönalişidagi yölak tuzilişida hamkorlik qilişga tayyor. Bu yölak Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boşqa davlatlarning Qora dengizdagi portlariga olib çiqişi mumkin böladi.

2011 yili Aşxobodda, Markaziy Osiyodan Yaqin va Örta Şarqqa olib boruvçi xalqaro va tranzit koridorini barpo etiş böyiça iştirokçilar orasida Turkmaniston va Özbekiston ham bölgan beş tomonlama tuzilgan kelişuvni faollaştiriş böyiça kelişib olingan.