Jamiyat | 18:59 / 06.03.2017
8522
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda yenot birovlarning uyiga kirib olib, idish-tovoqlarni yuvib berdi (video)

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi oddiy oila o‘ziga tegishli bo‘lgan dala-hovli oshxonasida kutilmaganda yenotni aniqlashdi. U idish-tovoqni katta qiziqish bilan yuvgan hamda hayratga tushgan uy egalariga e'tibor ham bermagan. Tengrinews.kz nashri shunday xabar tarqatdi.

Chaqirilmagan mehmon uy ishlarini yaxshi ko‘rishini isbotlagan bo‘lsa ham, ozodalikka rioya qilmasligi ma'lum bo‘ldi: yuvish jarayonidan so‘ng ba'zi bir tarelkalar polga quladi hamda sinib ketgan. Biroq hattoki singan idish-tovoqning tovushi ham jonivorni qo‘rqitib yubormadi.

Oila boshlig‘i yenot bilan “tanishuv” holatini smartfon kamerasiga yozib oldi. Kadrlarda jonivor kir idish-tovoq bo‘lgan oshxona chanog‘ida “javlon urib mehnat qilayotganini” ko‘rish mumkin. U hattoki videos'yomkaga ham e'tibor bermadi. Faqatgina uni silab qo‘yishga bo‘lgan urinishdan so‘ng yenot o‘z ishlarini tashlab, chiqish eshigi tomon qochib ketdi.

Internet foydalanuvchilaridan ba'zi birlarining fikricha, yenot bilan holat sahnalashtirilgan. Ko‘plar “vunderkind-jonivor” oshxona anjomidan foydalanishni bilishiga ishonmadi, ba'zilar esa oshxona chanog‘i yonidagi yuvilgan tarelkalar uyumidan hayratga tushdi.

Mavzuga oid