Mart oyining dastlabki uik-endi voqealarga boy bo‘ldi. «Liverpul» YeChL yo‘llanmasi uchun asosiy raqobatchilaridan biri «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Napoli» «Real»ga qarshi uchrashuv oldidan muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi. Tribuna.Uz hafta so‘nggidagi shu kabi eng yorqin lahzalarni jamlab chiqdi.

Kichik tarixga yakun yasagan «Liverpul», biz tanigan «Lester», Keyn va Silva qiyofasidagi qahramonlar
Angliya premer-ligasining 27 turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bir qator muhim voqealarga boy bo‘ldi. Yurgen Klopp jamoasi YeChL yo‘llanmasi uchun asosiy raqobatchisi bo‘lib turgan «Arsenal»ni o‘z uyida qabul qilib, so‘nggi uch yilda ilk marta o‘z uyidagi uchrashuvda g‘alaba qozondi. London jamoasida muammolar ko‘zga tashlana boshladi. Yetakchilardan biri jamoadan ketish payiga tushib qolgani oydinlashdi.

«Tottenhem» esa Harri Keynnng navbatdagi qahramonligi evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdiMourinoning «Manchester Yunayted»i mojarolarga boy kechgan uchrashuvda  mavsumdagi