Özbekistonda keyingi 3 hafta davomida AQŞ dollarining rasmiy kursi keskin ösişi kuzatilmoqda. 3 haftadan beri seşanba kunidan Markaziy bank dollarning rasmiy kursini qariyb 50 sömdan oşirmoqda va bugunga kelib 1 AQŞ dollari — 3452,30 sömga teng bölib turibdi.
Sputnik Özbekiston muxbiri bu holat sababi, Özbekiston valyuta barqarorligini takomillaştiriş böyiça qanday çoralarni körayotganiga qiziqib, Özbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Alişer Şayxov bilan suhbatlaşdi.

Mutaxassisning sözlariga köra, valyuta tizimini barqarorlaştiriş — Özbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasining muhim qismlaridan biri hisoblanadi.
«Hozirda bozor kursiga ötiş borasidagi rejalar işlab çiqilmoqda. Albatta, bu ma'lum vaqt talab etadi, barça ehtimoliy vaziyatlarni baholaş kerak. Lekin asosiysi, bu borada faol iş olib borilmoqda, biz barça kelib çiqadigan savollarni muhokama qiliş uçun ekspertlarni, jumladan, xalqaro ekspertlarni taklif etamiz. Özbekiston yopiq mamlakat emas, şu bois uşbu sohadagi har qanday özgarişlar nafaqat bizga, balki biz bilan işlayotgan hamkorlarimizga ham ijobiy yoki salbiy ta'sir körsatişi mumkin», — deya qayd etgan Alişer Şayxov.
Ekspert Özbekiston hukumati bozor kursiga bosqiçma-bosqiç, bozor «şok-terapiya»larsiz ötişini ta'kidlagan.
«Hukumat bugungi kunda bu jarayon (dollar rasmiy kursining oşişi — tahr.) kuzatuvçisigina bölib turgani yöq. Hukumat xalqaro me'yorlarga töla javob beradigan barqaror valyuta tizimiga ötiş uçun ma'lum qadamlarni taşlamoqda. Rasmiy kursning özgarişi ham ana şunday çoralardan dalolat beradi. Hukumat barqaror bozor valyuta tizimiga ravon va bosqiçma-bosqiç ötişni maqsad qilgan, bu Harakatlar strategiyasida aniq-ravşan bayon etilgan. «Şok» usuli Özbekistonga mos emas», — degan Şayxov.
Uning fikriça, yangi tizimga oqilona, maqsadga muvofiq va munosib muddatda ötiladi.
«Yangi tizimga ötiş jarayoni qaçon yakuniga yetişini aniq aytiş qiyin, bu vaqt talab qiladi. Lekin bir narsani işonç bilan aytişim mumkin — özgaça bozor mexanizmiga ötişimiz uçun şu yilning özidayoq yetarliça iş bajariladi», — deya qayd etgan u.

















