Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi Alişer Şayxov qiroliça Yelizaveta II ga işonç yorliqlarini topşirdi.

Bugun Britaniya monarxlari qarorgohi — Bukingem saroyida bir qator davlatlar elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qilib oliş uçun tantanali marosim bölib ötgan.

Uzoq yillar davomida Özbekiston Savdo-sanoat palatasiga rahbar bölgan Alişer Şayxov joriy yilning iyul oyida Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi elçisi etib tayinlangan edi.

Alişer Şayxov 1956 yilda tuğilgan bölib, Toşkent davlat universitetining bitiruvçisi hisoblanadi (1979 yil). Mutaxassisligi böyiça iqtisodçi, iqtisodiy fanlar nomzodi. U 11 yil davomida – 2006 yilning aprelidan joriy yilning 20 iyun sanasiga qadar Özbekiston Savdo-sanoat palatasiga raislik qilgan.