Savdo-sanoat palatasining sobiq rahbari Alişer Şayxov Özbekistonning Londondagi elçisi sifatida işga kirişadi.
«2017 yilning 28-iyul kuni ilgari Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida işlagan, Özbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiyadagi Favqulodda va Muxtor Elçisi etib tayinlangan Alişer Şayxov Toşkentdan London şahriga jönab ketdi»,— deya xabar berilgan Özbekiston TIV rasmiy saytida.
Alişer Şayxov 1956 yilda tuğilgan bölib, Toşkent davlat universitetining bitiruvçisi hisoblanadi (1979 yil). Mutaxassisligi böyiça iqtisodçi, iqtisodiy fanlar nomzodi. Bunga qadar 11 yil davomida – 2006 yilning aprelidan joriy yilning 20 iyun sanasiga qadar Özbekiston Savdo-sanoat palatasiga raislik qilgan.

















