Yevropada har yil ötkaziladigan "Yil avtomobili" ğolibi Peugeot 3008 krossoveri böldi. Umumiy hisobda 319 ball töplagan modelga boş mukofot Jyenevada xalqaro motorşou oçilişi arafasida topşirildi.
Qolgan örinlar quyidagiça taqsimlandi: 2-örinni Alfa Romeo Giulia (296 ball), 3-örinni "Mersedes" E-Class (197 ball) egalladi. Yetakçi beştalikdan 172 va 166 ball töplagan Volvo S90 va Citroen C3 modellari ham örin oldi. Ular ortidan Toyota C-HR krossoveri va Nissan Micra xetçbegi (165 va 135 ball mos ravişda) kelmoqda.
Ğoliblar Yevropaning 22 ta davlatidan avtomobilsozlik sohasini yorituvçi 58 nafar jurnalistdan iborat hakamlar hay'ati tomonidan aniqlandi.
2015 yilda Yevropaning eng yaxşi avtomobili sifatida Volkswagen Passat, 2016 yilda Opel Astra xetçbegi tanlangandi.

















