Sankt-Peterburgda yashovchi 16 yoshli qiz balkondan tushishga urinib, yerga qulab ketdi. Uning otasi janjaldan keyin qizini balkonga qulflab qo‘ygan bo‘lgan. Bu haqida Sankt-Peterburg Bosh tergov boshqarmasidan xabar berildi.
Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko‘ra, 4 mart kuni kunduzi Madaniyat prospektidagi uylardan birida erkak qizi bilan urishib, uning ustidan suv quygan va balkonga chiqarib, ustidan qulflab qo‘ygan. Qiz ikkinchi qavatdan pastga tushishga urinib, qulab ketgan. U turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Maktab o‘quvchisining otasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.















