«Biz Germaniyada ko‘plab siyosatchilar va nashrlar Turkiya bilan munosabatlarda juda va juda negativ kayfiyatdaligi, bu mamlakatga o‘ta tanqidiy munosabatda bo‘layotganini ko‘rib turibmiz. Biz hattoki islomdan qo‘rqish kayfiyatlarini ko‘rmoqdamiz. Biz qabul qilib bo‘lmaydigan va juda xavfli trendga duch keldik», — degan Chovusho‘g‘li.

U shuningdek, nemis nashrlarini Turkiyaga qarshi «qora ig‘vo» qilishni to‘xtatishga chaqirgan.

Vazir Germaniya Turkiyani «do‘st yoki do‘stmasligi»ni belgilab olishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.