Goodear kompaniyasi Jyenevadagi xalqaro salonda Eagle 360 Urban şarsimon şinaning yangi kontseptini taqdim etdi. Unda sun'iy idrok texnologiyasi qöllangan, deb xabar beradi işlab çiqaruvçi sayti.

Eagle 360 Urban şarsimon şakl hisobidan avtomobilga istalgan yönaliş böylab harakatlaniş imkonini beradi. U rezinali bionik çarmga ega va avtomobilga maxsus yostiqça yordamida mustahkamlanadi.

Çarmga yöl holatini nazorat qiluvçi datçiklar örnatilgan. Sun'iy idrok bu ma'lumotlarni qayta işlaydi hamda şina qoplamasini aniq bir vaziyatga moslaştiradi. Bu şunday amalga oşirilgan: qoplama tagidagi elementlarda elektr ijro mexanizmlari bölib, ular pokrişka qismlarini joyiga qaytaradi yoki tortib çiqaradi. Namli yölda şinada öyilgan joylar, tuproqli joylarda yurilsa – ilgaklar paydo böladi.

Eagle 360 Urban qoplama qoliplarini eslab qolişi va ularni moslaştirişi mumkin.

Bundan taşqari, u yiğilgan ma'lumotlarni xuddi şunday şinalar örnatilgan boşqa avtolar bilan bölişadi. Eagle 360 Urban buning evaziga yöl holatlariga moslaşişi mumkin – bu falokat xavfini kamaytiradi.

Şuningdek, Eagle 360 Urban kerakli joyga teşilgan joylar bölsa ham yetib boriş imkoniga ega. Agarda datçiklar qoplama buzilganini aniqlasa, şinalar zararlangan qismi asfaltga tegmay turib aylanişi mumkin.