Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Milliy gvardiya va IIV xodimlari bilan birgalikda 8 fevral kuni tungi vaqtda Toşkent viloyatidagi 39 ta issiqxonada ekologik nazorat tadbirlari olib borildi. 

Ekologiya vazirligi xabar berişiça, tadbir davomida Toşkent tumanida 13 ta, Qibray tumanida 10 ta, Zangiota tumanida esa 16 ta issiqxona faoliyati örganildi. 

Örganiş davomida ayrim issiqxonalarda isitiş maqsadida atmosfera havosini ifloslantiruvçi vositalar, xususan, rezina şinalardan foydalanilayotgani aniqlandi. 

Natijada Toşkent tumanida 1 ta, Qibrayda 5 ta, Zangiotada esa 2 ta issiqxonaga nisbatan jarima qöllandi.