Germaniyaning Dyusseldorf şahri temir yöl vokzalida noma'lum şaxs bolta bilan kişilarga hujum qildi, natijada bir neça inson jarohat oldi, deb xabar bermoqda Die Welt mahalliy politsiyaga asosan.

Ta'kidlanişiça, bekatga maxsus topşiriqli guruh yetib kelgan, şundan söng vokzal örab olindi. Bundan taşqari, vokzal binosi ustida politsiya vertolyoti uçib yurgan.

Bir neça OAV taxminaga köra, jinoyatçi huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olindi.

Ayni damda hujum qilgan kişining şaxsi, bunga nima sabab bölgani va qança kişi jarohat olgani noma'lum.

Hodisaga guvoh bölganlar sözlariga köra, perronda yerda qonga belanib yotgan kişilar bölgan.

Ma'lumot uçun, ötgan yilning oktabrida yoş yigit Minsk markazidagi “Yevropa” savdo markazi xodimlariga bolta va arra bilan hujum qilgandi. 3 mart kuni Minsk şahar sudi hujum uyuştirgan yigitni 15 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.