Germaniyaning Dyusseldorf şahrida bolta bilan odamlarga hujum qilgan va beş kişini yaralagan erkak ruhiy xasta bölişi mumkin, deb xabar qildi Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeri politsiyasi.

"Gumonlanuvçi sobiq Yugoslaviyadan bölgan 36 yoşli erkak. U aftidan ruhiy xastalik bilan oğriydi", - deb xabar berdi politsiya Facebook ijtimoiy tarmoğidagi öz sahifasida.

Hammasi bölib yetti kişi jabrlangan, ulardan uç nafari oğir ahvolda. Politsiya suriştiruv işlarini olib bormoqda.

Ayni damda jinoyat joyi örab olingan. Huquq-tartibot idoralari vakillari vokzalni tekşiruvdan ötkazdi, mutaxassislar jinoyat joyida iş boşladi.

Politsiya taxminiga köra, jinoyatçi bir özi harakat qilgan. 

Politsiyaning xabar berişiça, gumonlanuvçi ta'qibdan qoçmoqçi bölgan, biroq politsiya tomonidan qölga olindi. U ayni damda kasalxonada ekani aytilmoqda.