Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask elektrostansiyani 100 kun ichida qurib bitira olmasa, ishiga pul olmaslikka va'da berdi
Elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla hamda SpaceX kosmik korporatsiyasi a'soschisi, amerikalik mashhur tadbirkor Ilon Mask o‘z tvitterida katta va'da berdi. U Avstraliyadagi shtat rahbariyati bilan tegishli kelishuv imzolanganidan keyingi 100 kun ichida elektrostansiya qurilishini tugata olmasa, uni hukumatga tekinga topshirishini va'da qilgan.
The Guardian xabariga ko‘ra, milliarder o‘z yordamini Janubiy Avstraliya shtati hukumatiga taklif etgan. Bu shtat hududida elektr uzilishlari tez-tez kuzatiladi.
Atlassian kompaniyasi direktori Mayk Kennon Bruks Ilon Mask tvitter orqali 100 kun ichida elektrostansiya qurish haqidagi gapi qanchalik jiddiy ekanini so‘ragan. Mask esa bunga javoban bu muddat ichida ishni bitira olmasa, obektni hukumatga tekinga topshirishga tayyor ekanini bildirgan.
Mart oyi boshida Tesla vitse-prezidenti Lindon Riv kompaniya Janubiy Avstraliya shtatida 100-300 megavattli elektrostansiya qurishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgandi. U bu ish uchun 100 kun yetarli bo‘lishini aytib o‘tgandi.
2015 yilda Tesla Kaliforniyada 80 megavattli elektrostansiyani 100 million dollar evaziga 90 kun ichida qurib bitirgandi.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
21:42 / 12.06.2026