Bobur Tohirov (ism-familiyasi özgartirilgan) 2012 yilning oktabridan 2015 yilning may oyiga qadar Sirdaryo viloyatidagi tuman hokimliklaridan birida boş hisobçi lavozimida işlab kelib, juda köp miqdordagi soliq va boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlab kelgan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Jumladan, şu davr uçun tuman DSIga topşirilgan hisobotda yagona ijtimoiy tölov summasi 39 mln. 900 ming sömga, pensiya jamğarmasining suğurta badali 9 mln. 239 ming sömga, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği 39 mln. 391 ming sömga, bir foizli jamğarib boriladigan pensiya badali esa 2 mln. 359 ming sömga, jami 90 mln. sömga yaqin kamaytirib körsatilişi natijasida davlat byudjyetiga tölanişi şart bölgan soliq va boşqa majburiy tölovlar qasddan tölanmaydi.

Tekşirişlarda B.Tohirovning uşbu qilmişlari oşkor böldi. Unga nisbatan jinoiyat işi qözğatilib, sudga oşirildi. Jinoyat işlari böyiça Guliston tuman sudi noqonuniy işga qöl urgan boş hisobçiga tegişli jazo tayinladi.