Jahon | 14:29 / 12.03.2017
4233
2 daqiqa o‘qiladi

Tillerson Seulda vaqtinchalik prezident bilan uchrashadi, muxolifat bilan esa yo‘q

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Seulda Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An va Tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se bilan uchrashadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Tillersonning 15-19 mart kunlari Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy bo‘ylab amalga oshiradigan tashrifiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

"Seulda Davlat kotibi Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An bilan, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu Davlat kotibi hamda prezident vazifasini bajaruvchining ilk uchrashuvi bo‘ladi, uchrashuv Bonnda Yun Byon Su bilan muzokara chog‘ida belgilangan", degan diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tillerson va Janubiy Koreyadagi muxolif kuchlar vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilmagan.

"Yo‘q, biz bunday uchrashuv belgilamaganmiz. Hozirda u yerda oddiy bo‘lmagan vaziyat hukm surmoqda (Pak Kin Xening impichment qilinishi tufayli - tahr). Biz diplomatik munosabatlarni saqlab qolmoqchimiz", degan Davlat departamenti vakili muxbirlarning savollariga javob bera turib.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid