Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Prezident Devoni faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlarini közda tutgan farmonni imzoladi.

Prezident Devoni Prezidentning axborot-tahlil va taşkiliy-nazorat organi hisoblanadi. Mazkur organ davlat rahbari tomonidan şakllantiriladi hamda bevosita unga böysinib, Prezidentga hisobot beradi.

Quyidagilar Prezident Devonining asosiy vazifalari etib belgilandi:

Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oşirilişini ta'minlaş;
aholi bilan töğridan-töğri muloqotni taşkil etiş, jismoniy va yuridik şaxslarning Prezidentga murojaat qilişga bölgan konstitutsiyaviy huquqlari sözsiz amalga oşirilişi uçun şaroitlar yaratiş;
Prezident tomonidan kadrlarga oid davlat siyosatini, şuningdek davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirilişini ta'minlaş;
davlatning içki va taşqi siyosati asosiy yönalişlarini şakllantiriş, Özbekiston suverenitetini muhofaza qiliş, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta'minlaş böyiça takliflar işlab çiqiş;
oliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining bahamjihat işlaşini ta'minlaşda kömaklaşiş;
mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, Özbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilişini ta'minlaşda kömaklaşiş;
nodavlat notijorat taşkilotlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinişi, ularga öz ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oşirişlariga teng imkoniyatlar va şaroitlar yaratilişi kafolatlarini ta'minlaş, fuqarolik jamiyati institutlari bilan ularning demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurişdagi rolini oşiriş borasida samarali hamkorlik qiliş;
davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlaniş holati hamda tendensiyasini tahlil qiliş, uning natijalari böyiça samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatini ötkaziş, ilm-fanni, madaniyatni, ta'limni, soğliqni saqlaşni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boşqa tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tuzilmalarning, şuningdek uning vakolatlarini amalga oşirişga kömaklaşuvçi maslahat va kengaş organlarining faoliyatini taşkil etiş;
Prezident faoliyatini huquqiy, taşkiliy-texnik, axborot-tahliliy hamda protokol jihatidan ta'minlaş;
Prezident hujjatlari va topşiriqlarining ijrosini taşkil etiş va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oşiriş.