Köproq Karlos va Şoqol laqablari bilan tanilgan xalqaro terrorçi Iliç Ramires Sançes 13 mart, duşanba kuni Fransiyada sud oldida javob beradi - bu safar 1974 yilda amalga oşirilgan Parijdagi Drugstore Publicis savdo galereyasidagi teraktga doir iş böyiça. RIA "Novosti" şu haqida xabar berdi.
Venesuelalik terrorçining işi uç hafta davomida professional sudyalardan iborat maxsus sud hay'ati tomonidan körib çiqiladi. Ular 17 nafar guvoh va 2 ekspert körsatmasini tinglaşadi. Bu Karlosning Fransiyadagi eng sönggi sudi bölişi kutilmoqda.
1974 yilning sentabrida Fransiya poytaxtidagi Renn köçasida joylaşgan Drugstore Publicis'da röy bergan portlaş natijasida ikki kişi halok bölgan, 34 nafari jarohat olgan. 1979 yilda Al Watan Al-Arabi naşrida Karlos granatani portlatganiga iqror bölgan intervyu paydo bölgan. Biroq tergov davomida terrorçi bunday intervyu bermagani va özini aybdor deb hisoblamasligini aytdi.
Karlos 1994 yilda Xartum (Sudan)da qölga olingan va Fransiyaga ekstraditsiya qilingan. 1997 yilda Fransiya sudi uni 1975 yilda Parijda uç kişi, şu jumladan ikki nafar huquq-tartibot organi xodimining qotilligida ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Keyinroq terrorçiga 1980-yillar boşida amalga oşirgan tört terakt uçun yana bir umrbod qamoq jazosi berildi, uşbu teraktlar natijasida 11 kişi halok bölgan, 150 nafarga yaqin kişi jarohat olgan.

















