Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston TIV: Qozoq-turk litseylari faoliyatida hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi
Qozog‘iston o‘z ta'lim muassasalari faoliyatiga hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydi. Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov sobiq qozoq-turk litseylari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berar ekan, shunday fikr bildirdi. "Tengrinews" shu haqida xabar berdi.
"Qozoq-turk litseylari rebrending jarayonidan o‘tganini tasdiqlayman, ular yangi nomlarga (Bіlіm-innovatsiya litseyі") ega. Ularda Qozog‘istonda tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida ta'lim beriladi, litseylar hukumatning mahalliy ijro organlari nazorati ostidadir. Biz Qozog‘istonda joylashgan ta'lim muassasalari faoliyatida hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi Qayrat Abdurahmonov.
Shuni ta'kidlash joizki, Turkiyaning Favqulodda va Muxtor elchisi Nevzat Uyanik 2-mart kuni qozoq-turk litseylari Turkiya ta'lim vazirligi nazoratiga topshirilishi haqida ma'lum qilgan edi. QR ta'lim vazirligi bunday ehtimolni rasman rad etdi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026