KGI Securities tahlilçisi Min-Çi Kuo Samsung Galaxy S8 qurilmasi asosan yangi iPhone modeli relizi sabab muvaffaqiyatsizlikka uçraşini aytdi. "9to5Mac" şu haqida xabar berdi.
Kuo Galaxy S8 sotuvlari ötgan yilgi Galaxy S7 sotuvlarida qayd etilgan rekorddan öta olmaydi. Ekspertning sözlariga köra, Samsung kompaniyasining yangi gadjyetida "jalb qiluvçi jihatlar" yetişmaydi, şu bois u OLED-displeyli yangi iPhone xaridorlarni köproq öziga tortişini taxmin qildi.
Bundan avval Samsung yangi planşetlarini namoyiş etgani va Galaxy S8 taqdimoti muddatini e'lon qilgani haqida ma'lum bölgan edi. Unga köra, yangi flagman smartfoni taqdimoti 2017 yilning 29 mart kuni bölib ötadi.












