Jahon | 16:46 / 13.03.2017
5141
2 daqiqa o‘qiladi

Shults: “Turkiyada demokratiya asta-sekin buzib tashlanmoqda”

Foto: RIA "Novosti"

Turkiyada demokratiya ayni damda asta-sekin buzilmoqda, deb ma'lum qildi Germaniya kanslerligiga Sotsial-demokratik partiyadan nomzod, Yevroparlamentning sobiq rahbari Martin Shults. U Berlindagi forumda ishtirok etib shu haqda aytib o‘tgan.

"Dunyo bo‘ylab ko‘payib borayotgan avtoritar kuchlar tomonidan ochiq jamiyatlarga o‘tkazilayotgan bosim oshmoqda. Ular biz va jamiyatga o‘z siyosati, qadriyatlarini singdirishga urinmoqda. Ular milliy yakkalanish, ochiq jamiyatlar bilan kurash tarafdori. Faol ravishda bo‘linishni targ‘ib etib, ijtimoiy, milliy va diniy cheklovlarni qo‘yishmoqda hamda kishilarni bir-biriga qarshi qo‘ymoqda: biz ularga qarshi, biz bularga qarshi. Bu siyosiy model. Shu tariqa AQShda kishilarga ularning dini yoki millati tufayali kirish taqiqlanmoqda. Xuddi shunday tarzda jurnalistlarni hibsga olishmoqda va jim bo‘lishga majburlashmoqda. OAV erkinligiga ochiqdan-ochiq hujum qilinmoqda. Shu tariqa Turkiyada demokratiya ayni vaqtda asta-sekin buzib tashlanmoqda", - dedi Shults.

"Men GFR kansleri sifatida Germaniya, mening davlatim, kuchli, iqtisodiy jihatdan barqaror, siyosiy jihatdan nufuzli bo‘lishi va kelajakda o‘zining siyosiy kuchini adolat asosida globallashuv jarayonlarini umumiy majburiy qoidalar asosida tashkil etishi uchun qo‘limdan kelgan barchasini amalga oshiraman", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid