Qirğizistonning Qadamjoy tumanidagi Olğa qişloğida yaşovçi Usenboy Darmonov 12 yoşidan buyon börilar bilan "suhbatlaşadi". "Turmush" naşrida u haqidagi maqola taqdim etildi.
Manbaga köra, 45 yoşli erkak börilarning xöjalikdagi mollarga hujumlari köpayganidan keyin ovga çiqadi. "Mening ajdodlarim xalq orasida maşhur ovçi bölişgan. Ular yaylovda yaşab, çorvaçilik bilan şuğullanişgani uçun mollarni yirtqiçlar hujumidan asraş maqsadida köp ov qilişgan. Men ham ularning izidan borib, ovçilik bilan şuğullanişga qaror qildim. Qişloqdagi mollarga hujum qiluvçi böri va şoqollarni nişonga olaman. Bolaligimda men börilarning uvillaşiga quloq tutib, ularning tovuşini takrorlaşga harakat qilardim", - deydi ovçi.
U.Darmonov qaçonlardir öz ovoziga yetarliça baho bermay, baland ovozda baqirganini yodga oladi. "Şundan söng har tomondan börilar uvillay boşlagan. Men qörqib ketib, uyga qarab qoçganman. Men borgan sari yirtqiçlarning tovuşiga taqlid qila boşladim. Börilarning ovozi ham odamlar ovoziga öxşab yoş-jinsiga köra farqlanadi", - dedi ovçi va ularning orasidagi tafovutlarga qöşimça izoh berdi.
"Biz ovga çiqqanimizda men dastlab böriga öxşaş ovoz beraman, şundan keyin ma'lum bir joyda börilar töplana boşlaydi. Urğoçi böriga öxşab uvillasang, erkak böri uni darhol qidirib keladi. Şunda uni ov qiliş mumkin böladi", - deya sözlaydi u. Darmonov şuningdek yanvar oyida urğoçi böri tovuşiga taqlid qiliş köproq natija berişini qöşimça qildi.
"Börilar - juda ayyor hayvonlar va ularga öq uziş oson iş emas. Ularni tunda ovlagan ma'qul. Har bir ovçining böri ovlaşda öz sirlari böladi. 2008 yildan boşlab Batken viloyatining Ovçilar va baliqçilar ittifoqida ştatdan taşqari inspektor sifatida faoliyat yurita boşladim. Öşandan beri ovçilar meni özlari bilan toğlarga olib ketişadi. Neçta börini nişonga olganimni aniq aytolmayman. Men öz vazifamni aholini yirtqiçlardan himoya qilişda deb bilaman", - deydi ovçi.

















