Xitoy fuqarosi Lyu Fey sevgan qizidan noodatiy usulda unga turmuşga çiqişni söradi. U qizga töy sovğasi sifatida 33 tonnalik toşni keltirdi, toşning meteorit ekanligi taxmin qilindi. Bu haqida Sina'da xabar berildi.  

Lyu Feyning aytişiça, u bir yil avval sayohatda kolleksioner bilan tanişib qolgan, ulkan toş ham şu kişiga tegişli bölgan. Toş unga va uning bölajak yoriga juda yoqib qolgan. Sotuvçi toşni meteorit deb aytgan va yigitga uni million yuandan ortiqqa pullagan. 

Fey qizga töy sovğasi sifatida kvartira sotib oliş uçun pul yiğayotgandi, lekin u uy örniga ulkan toşni taqdim etdi. 

Meteorit 12 mart kuni Urumçi şahri maydoniga keltirildi, ikki kundan keyin esa Fey sevgan qizidan unga turmuşga çiqişni söradi. Qiz uning taklifiga rozilik bildirdi.