Zamonaviy monobloklarning aksariyati protsessor kuçliligi va jiddiy hajmdagi xotira bilan maqtana olmaydi. Biroq endi hammasi özgardi – HP kompaniyasi muhandislari özlarining yangi EliteOne 800 G3 dekstopini taqdim etişdi. 

Yangi monoblok biznes-sinfdagi qurilma bölib, “hammasi bir joyda” yiğilgan ajoyib kompyuterni qidirayotganlar uçun mos tuşadi. EliteOne 800 G3’ning çetidagi ramkalar unga yanada yorqinlik bağişlaydi hamda ular yirik displey hajmini vizual ravişda oşira oladi.

IPS şaklidagi 23,8 dyuym diagonalga ega monitor FullHD kenglikka ega. Foydalanuvçilarga klassik sensorli displey bilan bir qatorda, taktil panel bilan jihozlangan nusxa ham taqdim etiladi. Tanlov xaridorning öziga boğliq. Şuningdek monoblok har biri 2 Mp bölgan ikkita Web-kamera, mikrofonlar va infraqizil datçiklarga ega. Qöşimça kamera çiquvçan bölib, u desktopning korpusi içida yaşirilgan. Windows Hello texnologiyasi esa yuzlarni farqlaşi mumkin. Uning yordamida foydalanuvçi öz kompyuterini “qulflab qöyişi” mumkin, bu şaxsiy ma'lumotlarni asraşda qöl keladi.

Foydalanuvçilarga yettinçi avloddagi Intel Kaby Lake protsessorlarining törtta varianti taqdim etiladi. Eng yaxşi nusxada bu Core i7-7700 öta kuçli çipidir. Monobloklar şuningdek 128 GBdan terabaytga qadar bölgan turli töplagiçlarga ham ega. Operativ xotira hajmi 32 GB DDR4-2400’ga teng. Boşlanğiç versiyada EliteOne 800 G3’ga integratsiyalaşgan Intel HD 530 videokartasi ham qöşib beriladi, u xaridor xohişiga qarab Intel HD Graphics 630/610 yoki AMD Radeon RX 460 GFX’ga (2 GB) özgartirilişi mumkin.

Monoblok MIL-SPEC 810G standartida qilingan bölib, çanglar, tebraniş, zarbalardan himoyalangan. Tovuşga esa Bang & Olufsen tizimi javobgar, u ekran ostidagi ingiçka ramkaga örnatilgan. Şuningdek yon tomondan qöşimça monitorlarni örnatiş imkoni bor.

HP EliteOne 800 G3 53.96 x 5.38 x 34.18 sm.lik ölçamga ega va 6.03 kg. keladi. Yangilik Windows 10 Home yoki 10 Pro boşqaruvi ostida işlaydi. Yangi monoblokning boşlanğiç nusxasi – 1049 dollar turadi.