Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 14 mart kuni Oqmola viloyatida işçi yiğiliş ötkazdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz portali.
Nazarboyev yiğilişni oçar ekan, viloyatning yangi hokimi Malik Murzalinni taniştirib ötdi.
Qozoğiston prezidenti viloyat faollari oldida sözlagan nutqida viloyatning bir qator körsatkiçlar, jumladan sanoat, qişloq xöjaligi, investitsiyalar jalb qiliş, uy-joy qurilişi böyiça iqtisodiyoti ösganini qayd qilib ötdi.
Nazarboyev ham butun mamlakat, ham viloyat miqyosida sanoatlaştiriş va infratuzilmaviy rivojlaniş dasturlarini amalga oşiriş muhimligini ta'kidlab ötdi.
"Yaqin yillarda Qozoğistonda 7000 km avtomobil yöllari quriladi. Barça viloyatlar oliy darajadagi magistrallar bilan boğlanadi. Bu yöllar asrlarga, farzandlarimiz va nabilarimizga qoladi. Bundan taşqari, aeroportlarni tiklaş, Kaspiy dengizida ikkita dengiz porti quriş böyiça işlar olib borilmoqda. Mamlakatda amalga oşirilayotgan barça dasturlar yangi yondaşuvlar qöllaşni közda tutadi", deb aytdi Nazarboyev.
Nazarboyev nutqi söngida barça iştirokçilarga serhosil yil va bahorgi-kuzgi dala işlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldi.

















