Toşkentda keyingi ikki oy davomida ikkita örta maxsus ta'lim muassasining direktori ta'lim-tarbiya jarayoni susaytirilgani tufayli işdan haydalgan. Bu haqda 14 mart kuni Toşkent şahar hokimligida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Öquv yili boşidan buyon esa şu sabab bilan jami 6 nafar rahbar lavozimdan olingan.

Matbuot anjmunida şahardagi maktablar va örta maxsus ta'lim muassasalaridagi öquvçilar davomati va öquv jarayoni tahlil qilingan.

Ma'lum qilinişiça, ayni damda poytaxt maktablarida davomat körsatkiçlari 92-93 foizni taşkil qilmoqda, litsey va kollejlarda esa bu körsatkiç nisbatan yaxşiroq — 94-95 foiz.

Bundan oldinroq maktablarda qoniqarsiz davomat uçun direktor işdan haydalişi haqida xabar berilgandi.