Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning 4 kemasi Odessa portiga kirdi
NATO alyansining harbiy-dengiz minalarga qarshi doimiy guruhi birlashmasi (SNMCMG2) kemalari 17 mart kuni Ukrainaning Odessa shahri portiga kirdi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi ma'lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Odessa portiga "Kontr-admiral K.Chernitskiy" ("ORP KX CZERNICKI", Polsha HDK), "Duero" ("ESPS DUERO", Ispaniya HDK), "Rotveyl" ("FGS ROTTWEIL", Germaniya HDK) va "Alanya" ("TCG ALANYA", Turkiya HDK) kemalari kirib keldi.
Qo‘mondonlik ma'lumotlariga binoan, NATO kemalari qo‘mondonlari Ukraina HDK qo‘mondonligi, Odessa viloyat davlat ma'muriyati hamda Odessa shahar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Kemalar 20 aprelgacha portda qoladi.






Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
10:35 / 03.07.2026
Ukraina NATOga: Biz faqat yordam oluvchi emasmiz
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
20:57 / 02.07.2026