Olimpiada-2020 doirasidagi beysbol bellashuvlari Fukusimada o‘tkaziladi

Foto: EPA
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahridagi ijroiya qo‘mitasi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarining beysbol va softbol bo‘yicha musobaqalarini Yaponiyaning Fukusima shahrida o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu yer 2011 yilgi tabiiy ofat tufayli jiddiy zarar ko‘rgandi, deb xabar bermoqda France Presse agentligi.
XOQning qaroriga ko‘ra, musobaqalar “Adzuma” beysbol arenasida bo‘lib o‘tadi. Yaponiya sobiq bosh vaziri va 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari Yosiro Morining ta'kidlashicha, Tokiodagi O‘yinlar, shuningdek Fukusimadagi musobaqalar butun dunyoga mamlakat va mintaqa 2011 yilgi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etib bo‘lganini ko‘rsatib beradi.
Ma'lumot uchun, "Fukusima-1" AESdagi falokat 2011 yilning mart oyida ro‘y berdi, o‘shanda sunami tufayli stansiyada uchta energiya ta'minoti va sovutish tizimi ishdan chiqdi. Natijada uchta energoblokda yoqilg‘i erib ketib, reaktorlar himoya korpusiga zarar yetkazdi. Shu bilan birga, vodorod portlagan hamda radioaktiv moddalarning katta miqdori chiqarib tashlangan – natijada stansiyaga yaqin hudud jiddiy darajada ifloslandi. Ayni damda AESda oqibatlarni bartaraf etish, jabrlangan hududlarni radioaktiv qoldiqlardan xoli qilish (tozalash) ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq XOQ Tokioda 2020 yilda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga karate, syorfing, beysbol/softbol, qoyalarga chiqish sporti va skeytbording turlarini kiritgandi. Taxminlarga ko‘ra, bu sport turlari Olimpiada medallar dasturini 18 komplektga ko‘paytiradi, ular uchun 474 sportchi kurash olib boradi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 13:50
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
Mavzuga oid

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi

10:11 / 22.06.2025
Yaponiyada qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan o‘g‘rilar ushlandi

22:13 / 20.06.2025