Özbekistonning sobiq rahbarlaridan biri Inomjon Buzrukoviç Usmonxöjayev 17 martga ötar keçasi, 87 yoşida vafot etdi.

Inomjon Usmonxöjayev Şarof Raşidovdan keyin 1983-1988 yillarda Respublikaga rahbarlik qilgan. U şu vaqtgaça tirik bölgan Özbekistonning ikki sobiq rahbaridan biri edi. (1988-1989 yillarda Özbekiston KP MQ birinçi kotibi bölgan Rafiq Nişonov 1989 yildan buyon Moskvada umrguzaronlik qilmoqda - tahr).

Inomjon Usmonxöjayev 1930 yilning 20 may kuni Farğonada tavallud topgan.

1955 yilda Örta Osiyo politexnika instituti tamomlagan.

Muhandis, Marğilon şahri boş me'mori bölib işlagan.

1962 yildan partiya işiga ötgan, Farğona şahar kengaşi raisi, Özbekiston KP Sirdaryo viloyat qömitasi kotibi, Sobiq Ittifoq MQ xodimi bölib işlagan.

1972-1974 yillarda – Namangan viloyati ijroiya qömitasi raisi bölgan.

1974 yilning dekabridan 1978 yilning dekabriga qadar – Özbekiston KP Andijon viloyati qömitasi birinçi kotibi.

1978 yilning 22 dekabridan 1983 yilning 20 dekabriga qadar – Özbekiston SSR Oliy Kengaşi Prezidium Raisi, şu bilan bir vaqtda – 1979 yilning 18 aprelidan 1983 yilning 28 dekabriga qadar – Sobiq Ittifoq Oliy Kengaşi Prezidiumi Raisi örinbosari bölgan.

1983 yilning 3 noyabridan 1988 yilning 12 yanvariga qadar – Özbekiston KP MQ birinçi kotibi.

Keyinçalik “qayta quriş” davrida korrupsiyada ayblanib, Özbekiston KP MQ birinçi kotibi lavozimidan ozod etilgan, Sobiq Ittifoq Oliy Kengaşi Prezidiumi a'zoligidan çetlaştirilgan. 1988 yilning 28 noyabrida Sobiq Ittifoq Kommunistik Partiyasi MQdan ham çiqarilgan.

1989 yilning 27 dekabr kuni «Paxta işi» böyiça 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 1990 yilda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov taşabbusi bilan ozodlikka çiqqan.

Sönggi vaqtlarda I.B.Usmonxöjayev Farğona şahrida öğillari va nabiralari bilan birgalikda yaşayotgan edi.

Usmonxöjayev haqida filmlar olingan, kitoblar yozilgan. Xususan, Rafiq Nişonovning «Daraxtlar tonggaça kökaradi» nomli, 2012 yilda e'lon qilingan asarida ham unga alohida bob ajratilgan. Şuningdek, «Otamdan qolgan dalalar» va «Generallar öyini» romanlarida Usmonxöjayev bilan boğliq syujyetlar bor.